
Shomurodov "Jenoa"ga o‘tish to‘g‘risida: Tan olaman, ko‘z yoshlari bor edi
"Rostov" klubining sobiq futbolchisi Eldor Shomurodov murabbiyi Valeriy Karpinning "Jenoa"ga o‘tishiga munosabati haqida gapirdi. "Sports.ru" sayti ushbu intervyuni taqdim etdi.
- "Jenoa"dan taklif tushganida, Karpin nima dedi?
- Men darhol unga o‘zimni Italiyada sinab ko‘rmoqchiligimni aytdim. U: "Men futbolchi sifatida seni tushunaman, biroq murabbiy sifatida ketishingni istamayman, sen menga "Rostov"da keraksan", - dedi. U menga agar rahbariyat transferni ma’qullasa, u aralashmasligini va’da qildi. Klub mening orzumni tushungani uchun ulardan minnatdorman.
- Xayrlashayotganingiz tasvirlangan videoda Karpin sizga "yig‘lamang", - dedi. Bunday qila oldingizmi?
- Tan olaman, ko‘z yoshlari bor edi. Bir tomondan, men intilgan narsalar amalga oshayotganligini o‘yladim. Boshqa tomondan, ketish juda achinarli edi.
- Instagramda Karpin: "Hechqisi yo‘q, qiyshiqoyoq", deb yozganiga sizning munosabatingiz?
- Bu normal holat, ha-ha! Bu hazil ekanligini tushundim. Mashg‘ulotlar davomida u doimo hazil qilar edi. Karpin bilan men doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Agar Karpin biror narsani maslahat bersa, uni tinglash va aytganini qilish kerak", - dedi Shomurodov.
Fikrlar