
Shomurodov Katanets, Iordaniyaga uchralgan mag‘lubiyat va Gruziyaga qarshi bahs borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
- Gruziya terma jamoasi haqida nima deya olasiz? Bu jamoa haqida ma’lumotga egamisiz?
- Shuni aytish mumkinki, Gruziya Evropa qit’asiga kiradi va kuchli raqiblardan biri hisoblanadi. Bu o‘yin biz uchun juda foydali bo‘lishiga ishonchim komil.
- Faoliyatingiz davomida golsiz seriyalar ko‘p bo‘lgan. Mana oxirgi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldingiz. Yana golli seriyalar boshlanishini kutsak bo‘ladimi?
- Hammasi xudodan. Har doim gol urish uchun maydonga chiqqanman va bundan buyog‘iga ham ko‘proq gol urishga harakat qilaman.
- Terma jamoamiz bosh murabbiyi haqida nima deya olasiz?
- Hammasi yaxshi. Katanets futbolchilar bilan ham ancha chiqishib qoldi. Tayyorgarlik va mashg‘ulot jarayonlari ham ancha qiziq bo‘lmoqda.
- Iordaniyaga qarshi o‘yin muammolarimizni to‘liq ochib berdi deb o‘ylaysizmi?
- Unday demagan bo‘lar edim. Sababi, u erda futboldan tashqari muammolar ham bo‘ldi, menimcha. Shuning evaziga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsata olmadik. Aniq ayta olaman, Gruziyaga qarshi bahs umuman boshqacha bo‘ladi.
- Terma jamoada ham, klubda ham tajribali mutaxassis qo‘l ostida to‘p tepmoqdasiz. O‘xshashlik va farqli jihatlari nimada deb o‘ylaysiz?
- Hamma murabbiyni o‘z o‘yin uslubi bor. Albatta, farq katta. Biroq termada terma uchun, klubda klub uchun harakat qilaman.
Fikrlar