
Shomurodov: Maydon borasida OFK qandaydir qaror ishlab chiqishi kerak
O‘zbekistonning Gongkong bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida hisobni ochgan Eldor Shomurodov bahsdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Ikkinchi bo‘limda ham biz o‘yinni nazorat qildik. Faqatgina gol urishda ozroq qiynaldik, lekin 3 ochko bilan ortga qaytishimizga ishongandik va biz xohlagan natijamizni qo‘lga kiritdik".
"Turkmanistonga qarshi bahsda ham sifati yomonroq maydonda o‘ynagandik. Ular asosan uchrashuvlarni tabiiy maydonda qabul qilgan va bugun ham shunga o‘xshash holat bo‘lmoqda. Gongkong o‘zi nisbatan yaxshiroq stadionlarda o‘yinlarini o‘tkazarkan. OFK qandaydir qoida ishlab chiqishi kerak, chunki bunday maydonlarda futbolchilarning jarohat olish ehtimoli juda yuqori", - dedi Shomurodov.
Ushbu matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets ham ishtirok etdi. Uning fikrlarini quyida o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar