Shomurodov oldida yana bir yangi variant paydo bo‘ldi!

  • 24 dekabr, 2022, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodovga yangi jamoa topish ishlarini nazardan qochirayotgani yo‘q.

Rimliklar bosh murabbiy Joze Mourino ishonch bildirmayotgan bir necha futbolchi, xususan, Eldor Shomurodovni ham sotib yuborishga harakat qilmoqda. Hozir  A Seriyaning bir necha klubi o‘zbek hujumchisini olish ilinjida Tyagu Pinto bilan muzokara olib bormoqda.

Bu borada “Torino” va “Fiorentina”ning imkoniyati yuqori baholanayotgan edi. “Roma” bu klublarning Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olish taklifini qabul qilmayapti.

Tyagu Pinto bu muzokaralarda Eldorning xaridorlaridan 11-12 million evro undirmoqchi bo‘lyapti.

XMfpUKs

Endi Shomurodov bo‘yicha yangi variant paydo bo‘ldi. Rim klubi rahbariyati o‘zbek hujumchisi va italiyalik yosh himoyachi Edoarda Bovedan murabbiylar shtabi orzu qilayotgan futbolchi – Davide Frattezini qo‘lga kiritishda foydalanmoqchi.

Bu haqda https://www.calciomercato.com sayti xabar tarqatdi. Yana bir manba https://romapress.net jurnalistlari ham bu ma’lumotlarni tasdiqladi.

“Sassuolo” Davide Frattezini 30 million evro atrofida baholamoqda. Bu yarim himoyachini “Roma” tarbiyalagan. Shu bois, poytaxtliklar iste’dodli futbolchini 30 foiz chegirma bilan qo‘lga kiritishi belgilangan. Chunki “Roma” Frattezini “Sassuolo”ga jo‘natganda futbolchining keyingi transferidan 30 foiz ulush olishi kelishilgan edi.

Tyagu Pinto “Sassuolo”ga pul o‘rniga ikki futbolchi – markaziy hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Edoardo Boveni olishni taklif qilyapti. Har ikki charm to‘p ustasi Joze Mourino qo‘l ostida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Joze Mourino mavsumning qolgan qismida maydon markazida boshqacha sxemalardan foydalanmoqchi. Buning uchun unga Davide Frattezi kerak. Portugaliyalik mutaxassis dispetcherlik vazifasini tajribali Nemanya Matichga yuklaydi. Ikki qanotda jarohatidan to‘liq qutilish arafasida turgan Jorjino Veynaldum va Davide Frattezi xizmatidan foydalanishni rejalashtirgan.

Ana shu maqsadda, Joze Mourino va Tyagu Pinto jamoa xo‘jayini Den Fridkin bilan tez kunlarda uchrashib, qishki transferlar vaqtidagi ishlar va tarkib masalasini muhokama qilib olmoqchi.

 “Roma” mutasaddilari yanvarda Eldor Shomurodov va Edoardo Bovedan tashqari “Valensiya”ga ijaraga jo‘natilgan niderlandiyalik hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvertni ham sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

shoma_1

Ispan klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Klyuyvertning harakatlaridan qoniqish hosil qildi va rahbariyatdan bu futbolchini to‘liq transfer qilishni so‘ragan. Tyagu Pinto Jastinni qo‘yib yuborish uchun “Valensiya”dan 12 million evro atrofida mablag‘ talab qiladi. Bu transfer pullari ham Davide Frattezini olishga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

“Sassuolo” o‘tgan yozda Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan edi. “Roma” ana shu ma’lumotdan foydalanib, o‘zbek hujumchisini sassuololiklarga taklif qilmoqda.

Shomurodovga qaysi jamoaga o‘tishni aytishdi!

Shomurodov uchun kurashga yana bir jiddiy klub qo‘shildi

O‘zbek legioneri Evropaning yaxshi chempionatlariga loyiq!

Tezkor: “Roma” kutilmaganda Shomurodov bo‘yicha jiddiy taklifni rad etdi!

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!