Shomurodov o‘ch olishi va “portlashi”ni kutyapman!

  • 4 avgust, 2023, 08:43
  • 6
  • Futbol

O‘z darida “Kalyari”da porlagan italiyalik mashhur futbolchi Robert Akvafreska professional faoliyatini yakunlaganiga bir necha yil bo‘lganiga qaramay, hamon ushbu klubning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Sobiq hujumchi uzoq yillik faoliyati davomida “Kalyari”dan tashqari Italiyaning “Trevizo”, “Jenoa”, “Atalanta”, “Bolonya”, “Ternana”, Ispaniyaning “Levante” va Shvenytsariyaning “Son” kabi jamoalarida to‘p tepgan.

gettyimages-104081056-594x594

Akvafreska jurnalistlar bilan suhbatda “Kalyari”ning B Seriyadan yuqori divizionga ko‘tarilgan, jamoaning hujum chizig‘i, xususan, yangi forvard Eldor Shomurodov haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga italiyalik futbolchining intervyusini havola etadi.

- Robert, “Kalyari”ning yuqori divizionga o‘tish uchun “Bari”ga qarshi hal qiluvchi bahslari haqida fikringiz qanday? Bu jamoa A Seriyaga ko‘tarilishga loyiq, deb hisoblaysizmi?

- Men bu savolga ha, deb javob beraman. Biz “Kalyari”ning yuqori divizionga o‘tish yo‘lida “Parma”ga qarshi zo‘r o‘yiniga guvoh bo‘ldik. Keyingi hal qiluvchi bosqichda ham jamoa munosib o‘yin ko‘rsata oldi. “Bari” bilan o‘yinda kurash oxirigacha kechdi. Natija raqib foydasiga hal bo‘lishi ham mumkin edi. Umuman olganda esa, “Kalyari” har tomonlama ko‘tarilishga munosib edi.

“Bari” futbolchilari “San-Nikola”dagi so‘nggi bahsda 0:0 hisobini ushlab qolish uchun o‘ynab, noto‘g‘ri strategiya tanladi. Bu hisob ularni A Seriyaga olib chiqardi. Lekin ular tashabbusni “Kalyari”ga berib qo‘ydi. “Kalyari” aqlli o‘yin qildi. Uchrashuv oxirida gol urib, masalani o‘z foydasiga hal qildi.

- Hozir “Kalyari” A Seriya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapti. Sizningcha, Klaudio Raneri tuzgan tarkib qanday? Strategik ahamiyatga ega ikki o‘yinchi – Rog va Lapadula safdan chiqdi.

- Bu ikkisi muhim o‘yinchilar va jamoa uchun katta yo‘qotish. Ularning qatoriga Mankosning safdan chiqqanini qo‘shgan bo‘lardim. Bu futbolchi ham asosiy figuralardan. So‘nggi pallada jarohat olgan o‘yinchilarni hisobga olmaganda klub tarkibni shakllantirish uchun nimalar qilishni rejalashtirayotganini bilmayman.

Lekin hujum chizig‘ida Pavoletti va Lapadula kabi tajribali forvardlar borligini inobatga olib, kelajagi bor yoshlarga e’tibor qaratish kerak. Qolaversa, Eldor Shomurodovdek hujumchi kelganini ham har doim yodda tutish lozim.

Sizga hujumchi sifatida o‘zbek legioneri haqida savol quyidagicha bo‘ladi: Eldordan nimalarni kutyapsiz?

Shomurodov hozirgacha yuz bergan voqealarga javoban o‘ch olishi kerak. “Kalyari”da Eldor bor salohiyatini va imkoniyatini namoyish qilib, nihoyat portlaydi, degan umidim bor. Avvalgi jamoalarida buni kamdan kam ko‘rsata oldi.

Markaziy hujumchi sifatida Eldor jamoaga yordam berishga qodir.

363350221_830894205064601_75279518734258072_n

Sardiniya havosi, avval shu jamoaga kelgan hujumchilar, xususan, o‘zimning boshimdan o‘tganidek, Shomurodovning foydasiga ishlasin.

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farhod Ziyayev
03/08/2023 22:26
Элдоржон соат неччи булса хам, тугридан тугри трансляция булмаса, кийналиб излаб трансляцияни топиб, танишларга линклар ташлаб, Узбек углонининг уйинини курайлик деб анча сарсон буламиз. Ва сени майдонга тушишингни пойлаймиз. Шу вакт сен майдонга тушиб келасан. Чиройли уйинлар билан махоратингни курсатиб, дарвозабон ва химоячиларни прессинг билан кон босимини ошириб ва дарвозага чиройли голлар уриб ташашингни биз ватандошларинг доим дуо килиб Аллохимдан сураймиз ва сендан шуларни кутиб коламиз! Элдоржон Омад!
&
Сурхан Ангор
04/08/2023 00:37
ЭЛДОР ЎЗИНГНИ КЎРСАТ ЭНДИ УКА ТЎҒРИ ХУЛОСА СЕНДАН!
&
Muratbay
04/08/2023 21:27
Элдор Омадли уйнашни хакласанг ердам бераман
Гайрат Гадаев
04/08/2023 16:35
Шома, булди йигиштир. Сурхон-га утгин мард булсанг. Булмаса келиб пиез, карам бизнесингни давом этир. Энди олдинги уйинлар ....
Хаелда.
&
Бахриддин М.З.
03/08/2023 22:18
Яхши ўйнаганда хозир Милан, Интер, Ювентус ёки Наполида ўйнаётган булардт
&
Бахриддин М.З.
04/08/2023 08:28
Кимдан ўч олади, тупни тўғри тепа олмайдиган оёқлариданми, ёки майдонни кўра билмайдиган кўзлари ва ақлиданми