Shomurodov PSJ sobiq futbolchisi bilan birga Turkiya klubida o‘ynashi mumkin
"Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Jegoja Krixovyak faoliyatini "Galatasaroy" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda metaratings.ru nashri xabar bermoqda.
Ushbu transferga faqatgina polshalik futbolchining yuqori maoshi to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayni vaqtda u Rossiya klubida 3.5 million evro maosh oladi.
Krixovyakning "Krasnodar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga etadi. Bilasiz, FIFA Rossiya klublarida to‘p tepayotgan legionerlarga 2023 yilga qadar vaqtincha shartnomani bekor qilishga ruxsat bergan.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda "Galatasaroy" hamyurtimiz Eldor Shomurodovga ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, turk klubi uni ijaraga olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Fikrlar