Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

  • 17 fevral, 2022, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa matbuoti, xususan, Angliyaning The Sun nashri Krishtianu Ronaldu A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida bong urmoqda. Ma’lumki, portugaliyalik yulduz o‘tgan yili avgust oyida “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgandi.

Ochig‘ini aytganda, Ronalduga sobiq jamoasining hozirgi holati umuman yoqmayapti. “Manchester Yunayted” u kutgandek bo‘lib chiqmadi.

----rongrin

Doimo yuqori maqsadlar sari intilishga ko‘nikib qolgan futbolchi jamoadoshlarining raqobatbardosh emasligidan, bosh murabbiy Ralf Rangnik qo‘llayotgan ish uslubi unga ma’qul kelmayotganidan nolimoqda.

Qolaversa, mahalliy o‘yinchilar Ronalduning kiyim almashtirish xonasida liderlik qilishiga yo‘l qo‘ymayapti. Eng kutilmagan holat esa, “Manchester Yunayted” chempionatda sovrinlar uchun emas, Chempionlar ligasiga so‘nggi yo‘llanmani beradigan to‘rtinchi o‘rin uchun kurashayotganidir.

Ronalduning agenti Jorje Mendesh jamoa mavsum oxirida Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, mijoziga boshqa klubga o‘tishi haqida klub rahbarlarini ogohlantirgan.

Tabiiyki, Ronaldu darajasidagi yulduz ishsiz qolmaydi. Uning futbolkalari sotuvidan keladigan mablag‘ning o‘zi ham transfer xarajatlarini ortig‘i bilan qoplaydi. Shu bois 37 yoshli to‘purarning bozori hamon chaqqon.

The Sun jurnalistlari tug‘ma to‘purarga hozirning o‘zida uchta jamoadan jiddiy takliflar borligini yozmoqda. Xususan, PSJ, “Bavariya” va “Roma” uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu uchlik orasida har birining o‘ziga xos ustunligi bor.

Parij klubi hujum chizig‘ida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu tandemini hosil qilish uchun mablag‘ni ayamaydi. Qolaversa, parijliklarning o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasini yutish orzusi Ronalduniki bilan mushtarak. Yozda jamoani Zinedin Zidan qabul qilib olishi haqidagi gap so‘zlar portugaliyalik o‘yinchida qadrdon ustozi bilan ishlash umidini uyg‘otishi ehtimoldan xoli emas. 

“Bavariya” futbolchilarni katta maosh bilan erkalatmaydi. Biroq, bu klub Chempionlar ligasini qo‘lga kiritish imkoniyati va ehtimoli yuqoriligi Krishtianuning tanloviga ta’sir qilishi shubhasiz. Bugungi kunda Ronalduning yagona orzusi yana Chempionlar ligasi bosh sovrinini boshi uzra ko‘tarishdan iborat.

1_3

G‘alati ko‘rinsa-da, “Roma”ning ustunligi Joze Mourino. Portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurtini ko‘ndirishi mumkin. Mutaxassislar Mourino “Real”da ishlaganida Krishtianu Ronaldu bilan munosabati buzilganini esga oldi. Biroq tajribali murabbiy jamoani kuchaytirish va o‘z oldiga qo‘yilgan talabni bajarish yo‘lida yulduz hamyurti bilan hamkorlik qilishga, unga tarkibdan muqim joy berishga tayyorligi ta’kidlanmoqda.

Biroq, “Roma” oldidagi eng katta to‘siq, jamoaning musobaqa jadvalidagi o‘rnidir. Ronalduning e’tiborini qozonish uchun rimliklar joriy mavsumning o‘zida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilishi ham talab etiladi. Ronaldudek yulduz Evropa ligasi yoki Konferentsiyalar ligasida to‘p tepadigan darajaga tushgani yo‘q.

Agar Ronaldu taqdir taqozosi bilan Rimga kelib qolsa, Eldor Shomurodovning “Roma” safida maydonga tushishi yanada qiyinlashib qoladi. Eldor hozir uchinchi hujumchi darajasiga tushib qoldi. Mourino asosiy to‘purar vazifasini Temmi Abraxamga yuklagan. Ikkinchi hujumchi sifatida Jozening  e’tiboriga tushgan Feliks Afena-Gyanga ko‘proq ishonch bildiryapti. Shomurodov ba’zan bir necha daqiqaga maydonda ko‘rinish bermyapti, ayrim uchrashuvlarda esa umuman zaxirada qolib ketmoqda.

Yana bir e’tiborga molik jihat, Eldor Shomurodov va Krishtianu Ronalduning maydondagi ampluasi bir xilligidir. Ikkalasi ham markaziy hujumchi, lekin ko‘pincha chap qanotda, kerak bo‘lsa, o‘ng taraf hujumida ham o‘ynay oladi.

6177507_1721_eldor_shomurodov (1)

Ronaldu atrofidagi vaziyat hali o‘z echimini topishi qiyin. Portugaliyalik yulduz Manchesterdan ketishga shoshilmayapti. Ralf Rangnik shogirdlarida hamon Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoni yuqori.

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!