
Shomurodov RPLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi o‘tgan oy Premer-ligada 5 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta to‘p kiritishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor iyul oyida ham nomzodlar qatoriga kiritilgan, ammo yakunda "Krilya Sovetov" a’zosi Aleksandr Sobolev oyning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga ega chiqqan edi.
Fikrlar