Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchilari qatorida

  • 28.10.2025 13:12
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 10-tur uchrashuvlari yakunlandi.

"Sofascore" nashri tur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoani e’lon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham ushbu tarkibdan joy oldi.

Hujumchi yakunlangan turda "Bashakshehir" safida "Antalyaspor" darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Eldorning chempionatda urgan umumiy gollari soni 6 taga etdi va u to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda bormoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!