Shomurodov: U mendan yordamini ayamadi!

  • 2 may, 2021, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilning kuzida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov yangi mamlakat va chempionatga moslashishida unga yordam bergan do‘stlari haqida gapirdi.

Tecno

- Men birinchi Dominiko Krishito bilan do‘stlashib oldim. U rus tilida yaxshi gaplasha oladi. Biroq, menga eng ko‘p Daniel Dumbravanu yordam bergan. Bu bola biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi, u menga juda ko‘p marotaba tarjimonlik qilgan, italyanchani yaxshiroq tushunishimga ko‘maklashgan, - dedi Eldor Shomurodov.

19 yoshli  Daniel Dumbravanu moldovalik hisoblanadi. U “Jenoa”ning yoshlar jamoasida to‘p tepadi va asosiy tarkib mashg‘ulotlariga ham jalb etilib kelmoqda. Birinchi jamoadagi debyutini Italiya kubogi doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘yinda nishonladi.

Dominiko Krishito esa, 2011-2018 yillar davomida “Zenit” sharafini himoya qilgan va jamoa etakchilaridan bo‘lgan. Krishito o‘z vaqtida Rossiya premer-ligasida Eldor Shomurodovga qarshi o‘ynagan.

Shomurodovning ortidan kim boradi?

O‘runov bu haqiqatni tushunib etishi kerak!

Shomurodovni shaxsan taniydigan Mourino Eldor bilan Italiyada uchrashishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н. М.
04/05/2021 02:01
хахолларам русчани биладида)