Shomurodovning ortidan kim boradi?

  • 2 may, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sobiq Ittifoq hududiga kiruvchi mamlakatlar orasida eng kuchli chempionat Rossiya premer-ligasi ekaniga shubha yo‘q. Aslida Ukraina chempionati ham bu borada Rossiyaga raqobat qila olmaydi. Har holda Ukrainada “Dinamo” va “Shaxtyor”dan boshqa qudratli klublar yo‘q va xalqaro maydonda asosan mana shu ikki jamoani ko‘rishimiz mumkin.

Rossiyada esa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar ko‘proq.

MDH davlatlaridan etishib chiqayotgan futbolchilarning aksariyati ko‘proq Rossiya chempionatida o‘ynashni istaydi. Xususan, O‘zbekistondan etishib chiqayotgan ko‘p o‘yinchilarning orzusi rus futboliga kirib olish. Chunki, Rossiya chempionatida pishgan va o‘zini ko‘rsatgan charm to‘p ustalarida Evropaning boshqa jamoalariga o‘tib ketish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Xususan, o‘zbekistonlik futbol muxlislari ham futbolchilarimizning Eldor Shomurodov ortidan borib, Rossiya futbolida o‘zini ko‘rsatishi va keyin Evropaning kuchli chempionatlariga o‘tishidan umidvor.

Evropa klublari aksariyat hollarda Rossiya yoki Ukrainadan boshqa mamlakatlar chempionatidan deyarli futbolchi olmaydi.

Keyingi paytda Rossiya  chempionatida o‘ynagan futbolchilar asosan Italiya jamoalaridan qo‘nim topayotgani kuzatilmoqda. Qizig‘i, Rossiyadan A Seriyaga yo‘l olgan o‘yinchilarning aksariyati RPLga chet eldan kelgan legionerlardir.

E’tiboringizga Rossiya premer-ligasida to‘p tepib, Italiya jamoalariga o‘tgan futbolchilar haqida ma’lumot beramiz.

Kristian Ansaldi (“Torino”)

Argentinalik himoyachi “Rubin”da o‘ynagan yillari 128 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft gol urgan. Keyin “Zenit”da ham 9 ta bahsda maydonga tushib bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Rubin” tarkibida ikki karra Rossiya chempioni bo‘lgan. “Zenit” bilan Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Keyin Eldor Shomurodov kabi “Jenoa”ga o‘tdi. A Seriyada “Inter”da ham o‘ynadi.

9bde34ce43a1e55f1001626777683f57

Brunu Alvesh (“Parma”)

Portugaliyalik markaziy himoyachi 2010-2013 yillar davomida “Zenit”da 72 ta uchrashuvda bir marta gol ham urgan holda ikki karra Rossiya chempioni va Superkubok sohibi bo‘lgan. Portugaliya, Turkiya, Shotlandiya chempionatlarida to‘p tepgan. Italiyada “Parma”dan tashqari “Kalyari” sharafini ham himoya qilgan.

27c49e

Yordan Osorio (“Parma”)

Venesuelalik himoyachi yurtidan tashqari Portugaliyada uchta jamoa sharafini himoya qilganidan keyin “Zenit”ga taklif etildi. Piterliklar tarkibida ettita o‘yinda qatnashganidan keyin o‘tgan yili “Parma”ga o‘ztib ketdi. Osorio Venesuela, Portugaliya va Rossiya chempioni hisoblanadi.

Bezymyannyj-49

Ernani (“Parma”)

Braziliyalik yarim himoyachi “Zenit”da jami 23 ta uchrashuvda ishtirok etdi va bitta gol urdi. Bu statistika uning Rossiya chempionligiga erishishiga kifoya qildi. Orada Frantsiyada bir mavsum o‘ynab keldi. Joriy mavsumda “Parma”da  beshta o‘yinda uchta gol urdi.

b0bcbacd94d246eb601ea025a246ca085de9552338de1395604022

Eldor Shomurodov (“Jenoa”)

O‘zbekistonlik futbolchi uch yil davomida “Rostov” sharafini himoya qildi. Rostovliklar tarkibida hujumning istalgan nuqtasida o‘ynay oladigan forvardga aylandi. O‘tgan yili “Jenoa” o‘z safiga qo‘shib olgan hamyurtimiz murakkab chempionatda jamoasining o‘nta golida bevosita ishtirok etdi. Eldor debyut mavsumida hozircha raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi. Shomurodovni “Jenoa”dan kuchliroq jamoalar  kuzatib borayotgani haqida ma’lumotlar bor.

160217044_4384410511569835_3595636089533338654_o

Domeniko Krishito (“Jenoa”)

Italiyalik himoyachi faoliyatini Genuyada boshlagan. “Yuventus”da ham mahoratini ko‘rsata olgan. 2011-2018 yillar davomida “Zenit”da o‘ynagan Krishito 155 ta bahsda 15 ta gol urgan. Qariyb uch yildan beri genuliklarning ishongan futbolchisi sifatida to‘p tepmoqda.

1611931503_criscito

Aleksandr Kokorin (“Fiorentina”)

Rossiya futbolining eng iste’dodli hujumchilaridan, deb tan olingan Aleksandr Kokorin yulduzlik mavqeini saqlab qola olmadi. Faoliyati pastga sho‘ng‘iyotgan bir pallada “Fiorentina” varianti chiqib qoldi. Kokorinning A Seriyadagi ishlari ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi.

yakini-kokorin-eschyo-ne-trenirovalsya-pod-moim-rukovodstvom-ne-znayu-kogda-on-vernyotsya_1619790268233458817

Aleksey Miranchuk (“Atalanta”)

Bugungi kunda Rossiyaning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblangan yarim himoyachi etti yil Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qildi. 2020 yilning yozida “Atalanta”ga ko‘chib o‘tdi. A Seriyadagi dastlabki mavsumida asosan boshlang‘ich tarkibga kirish uchun kurashmoqda. Hozircha, Italiya chempionatida 21 ta o‘yinda uchta gol urdi.

0e1e1ec67c4095981a73c13a4941787b600b2990ac976606257557

Nikola Maksimovich (“Napoli”)

Serbiyalik futbolchining faoliyati boshqalarnikiga o‘xshamaydi. 2013 yili o‘z yurtidan “Torino”ga olib kelgan Nikola ikki yildan so‘ng “Napoli” a’zosiga aylandi. Neapol shahri jamoasida asosiy tarkibga kirishga qiynalgan himoyachi 2018 yili “Spartak” jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Moskvaliklar safida 9 ta o‘yinda qatnashib, premer-liganing bronza medaliga ega chiqdi.

447800

Felipe Kaysedo (“Latsio”)

Ekvador va Ispaniya fuqaroligiga ega hujumchi jiddiy jamoalarda to‘p sergan. Evropadagi faoliyatini “Bazel”dan boshlagan Kaysedo “Manchester Siti”da 27 ta o‘yinda beshta gol urgan. Keyinroq, Portugaliya va Ispaniya klublari sharafini himoya qildi. 2011-2013 yillari Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida 52 ta uchrashuvda 11 ta gol muallifi bo‘ldi. Rossiyadan keyin Birlashgan Arab Amirliklari va Ispaniya chempionatlarida faoliyat yuritdi. 2017 yildan beri “Latsio”da o‘ynamoqda.

1569934018_caicedo

 Adolfo Gaych (“Benevento”)

Argentinalik markaziy hujumchi katta umidlar bilan TsSKAga olib kelingan edi. Lekin 22 yoshli Gaych rus futboliga moslasha olmadi. “Armiyachlar” safida 13 ta uchrashuvda qatnashib, maydonni quruq tark etdi. 2021 yilning yanvarida Gaych “Benevento”ga ijaraga berildi. A Seriyada “Spetsiya” va “Yuventus” darvozasini ishg‘ol qilish orqali e’tiborga tushdi.

585f3685f4efe5367d28aeba24f98a0d

O‘runov bu haqiqatni tushunib etishi kerak!

Shomurodovni shaxsan taniydigan Mourino Eldor bilan Italiyada uchrashishi mumkin!

O, Eldor, sen juda tezkor ekansan!

 Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov “maxsus” termadan joy oldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!