Shomurodov “uyg‘ongani” yo‘q!

  • 18 fevral, 2023, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar davrida deyarli barcha jamoalar mavsumning birinchi yarmida bo‘shligi ko‘rinib qolgan pozitsiyalarini kuchaytirishga harakat qilishi tabiiy hol. Muzokaralarni uddalay olgan klublar o‘zlari istagan futbolchilarni qo‘lga kiritdi.

Xususn, A Seriyaning aksariyat klublari yanvarda turli transferlarni amalga oshira oldi. Mutaxassislar 2023 yilning dastlabki oyida yangi jamoaga ko‘chib o‘tgan futbolchilarning o‘yinlari, harakatlari, ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, hali ishonchli oqlashga kirishmagan besh nafar futbolchini aniqladi.

Italiya futbolini yoritayotgan nufuzli manbalardan biri –  https://www.calciomercato.com ekspertlari hali ham o‘zini ko‘rsatmagan o‘yinchilar beshligiga “Roma”dan “Spetsiya”ga ijaraga berilgan Eldor Shomurodovni ham kiritdi.

Demak, yangi jamoasida ham “uyg‘ona olmayotgan” ijrochilar reytingi bilan tanishing.

UILЬYaM TRUST-EKONG – 5,17 BALL.

Nigeriyalik 29 yoshli markaziy yarim himoyachi qishki transferning so‘nggi kunlari “Uotford”dan “Salernitana”ga ko‘chib o‘tdi. Aslida Angliya Chempionshipidan kuchli beshlik chempionatlaridan birining yuqori divizioniga yo‘l olish olg‘a tashlangan qadamdek tuyuladi.

Uilyamga katta tajribasi A Seriyani zabt etishiga hozircha yordam bergani yo‘q. “Salernitana” safida uchta uchrashuvda qatnashgan Trust-Ekong  ijara muddati ichida nimalarga qodirligini isbotlash uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, Italiya chempionati doirasida “Verona” bilan bo‘lgan o‘yindagi jarohat himoyachiga xalaqit berishi mumkin.

7a9e96480f27ceac

XANS NIKOLUSSI-KAVILЬYa – 5,67 BALL.

“Salernitana” 5 yanvar kuni “Yuventus” tarbiyalanuvchisi Nikolussi Kavilyani mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.  22 yoshli futbolchi bir necha pozitsiyada o‘ynab,  hujumkor yarim himoyachi, markaziy yarim himoyachi va o‘ng qanot hujumchisi vazifasini bajara oladi.

Xans A Seriyadagi faoliyatini yorqin tarzda boshladi.  “Salernitana” safidagi ikkinchi uchrashuvidayoq “Atalanta” darvozasini ishg‘ol qildi. Bora-bora uning o‘yinida pasayish kuzatila boshlandi.

GettyImages-Nicolussi-Caviglia-Juventus-Sudtirol

SALЬVATORE ESPOZITO – 5,56 BALL.

“Spetsiya” qishki transferlar vaqtida bir necha o‘yinchilarni ijaraga oldi. Ulardan biri hisoblangan 22 yoshli Espozito SPAL klubidan olib kelindi. Tayanch yarim himoyachisi 6 yanvar kuni liguriyaliklar safiga qo‘shildi.

Espozito A Seriyada to‘rt marotaba maydonga tushib, jami 191 daqiqa to‘p tepdi. Bu o‘yinchi hali o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgani yo‘q. “Roma” bilan o‘yinda raqib goliga sababchi bo‘ldi. “Empoli”ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani oxir-oqibat jamoasining g‘alabani qo‘ldan chiqarishiga sabab bo‘ldi.

image_28

YuSSUF MALEX – 5,75 BALL.

24 yoshli marokashlik markaziy yarim himoyachi 3 yanvar kuni “Fiorentina”dan “Lechche”ga ko‘chib o‘tdi. Ijara muddati afrikalik futbolchi uchun o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Lekin “Lechche” tarkibidagi uchta o‘yin Yussuf Malex hali yuqori sport formasidan uzoqda ekanini bilintirib qo‘ydi.  

Maleh-Lecce

ELDOR ShOMURODOV – 5,75 BALL.

Eldor Shomurodov ham “Spetsiya”ni kuchaytirish uchun olib kelindi. “Roma” safida zaxirada uzoq o‘tirib qolgan hujumchi uchun bu variant o‘zining mahoratini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat sifatida baholanmoqda.

O‘zbek hujumchisi Liguriyaga kelganidan keyin “Napoli” va “Empoli”ga qarshi bellashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi.  Shomurodov hali “uyg‘ongani” yo‘q. Uning harakatlarida biroz jonlanish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, hujumchining asosiy vazifasi – gol urish borasida hali biror natija chiqara olmadi.

Mutaxassislar Eldor Shomurodov A Seriyada qolish uchun kurashda “Spetsiya”ga katta yordam berishiga umid bildirmoqda.

fa4fff3bae38e36329acac9fd95eabdd_L

Shomurodov – asosiy “qurol” bo‘ladi!

Anchelotti Shomurodov jamoasini boshqarishni orzu qilmoqda

G‘alaba boy berilgan o‘yinda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov liganing eng zo‘r darvozaboniga qarshi!

Shomurodov bilan birga zo‘r to‘purar o‘ynaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
18/02/2023 10:13
Зайбал наххуй элдорин билан тошкенга кеганида кутидан упиб олларин сука хеч нимани эпломеди энди бу кийшу оек. Дальще серия в с д е ф ж з и й к л м охири сурхонга кайтади
&
БМЗ
16/02/2023 22:07
Eldor vechno uxlaydi ayniqsa o‘yin vaqti. U ochilmasdan pensiyaga chiqsa kerak.
Ffssdgg Vtrdfg
17/02/2023 21:00
Элдоржон 90 дакика уйнаб галабани саклаб кололмадинглар 2-0 хисобдан журнал уйнаш гол уриб Элдор эканизни ижарани оклашиз биз мухлислар олдинги Элдорни кутиб коламиз хар уйинда годни кутамиз