Anchelotti Shomurodov jamoasini boshqarishni orzu qilmoqda

  • 14 fevral, 2023, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunlanishi bilan Madridni tark etishi mumkin. Tajribali mutaxassis xizmatiga muhtojlar kam emas. Xususan, Braziliya futbol federatsiyasi ham italiyalik murabbiyga mamlakat bosh jamoasini topshirishga tayyor.

Tecno

Biroq, “Milan”da Karlo Anchelotti bilan birga ishlagan murabbiy Jorjo Chaskinining ma’lum qilishicha, dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan hisoblangan bu mutaxassis Italiyada bir klubni boshqarishni azaldan orzu qiladi.

Bu ayni paytda Joze Mourino ishlayotgan “Roma” klubi ekan.

- Anchelottining orzusi “Roma” bosh murabbiyi bo‘lish. O‘zaro suhbatlarimiz davomida u juda ko‘p bora mana shu istagi haqida gapirgan. Karloning qalbida “Roma”ga bo‘lgan muhabbat azaldan barq urib turadi. Uning “Roma”ni boshqarayotganini tasavvur qilish qiyin emas, - dedi Jorjo Chaskini.

Ma’lumki, kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimiz Eldor Shomurodov aynan Rim klubi a’zosi hisoblanadi. Legionerimiz mavsum tugashi bilan “Spetsiya”dan “Roma”ga qaytib borishi belgilangan.

1653546245_photo_2022-05-26_02-22-41_1

Yozda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Joze Mourino o‘zining yulduzli onlari o‘tgan “Chelsi”ga qaytishni orzu qilyapti. “Real” mavsum yakunlanishi bilan Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa mutaxassis olib kelish bo‘yicha ish boshlagan. Mourino o‘ynatmagan Shomurodov esa, yozda poytaxtga qaytib, yana asosiy tarkibga kirish uchun kurashadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Karlo Anchelottining Rim klubini boshqarishga ishtiyoqi baland ekanini bejiz emas. U futbolchilik faoliyatida 1979-1987 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, “Parma” va “Milan”da ham to‘p tepgan. Lekin eng uzoq muddat “bo‘rilar” safida bo‘lgan. 1982-1983 yilgi mavsumda bu jamoaning Skudettoni qo‘lga kiritishiga ko‘n mehnati singgan.

Yana bir omil shundan iboratki, Anchelotti o‘zi o‘ynagan ikki jamoa – “Parma” va “Milan”ni bosh murabbiy sifatida boshqargan. Lekin “Roma”da ishlash yoshi 63ga borib qolgan bu mutaxassis uchun armon bo‘lib qolmoqda.

Aslida Anchelotti “Roma” bilan ulkan natijalarni qo‘lga kirityapti. 2021 yil madridliklarni qabul qilib olgan mutaxassis shogirdlari Ispaniya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylantirdi. Shunga qaramay, “Qirollik klubi” rahbariyati uning o‘rniga boshqa ustoz olib kelishga qaror qilgan.

Anchelotti murabbiy sifatida kuchli beshlik chempionatlarining barchasida muvaffaqiyatli ishlagan kam sonli mutaxassislardan. U o‘z yurtida “Redjina”, “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Napoli”ni boshqargan, Angliyada “Chelsi” va “Everton”da, Frantsiyada “Pari Sen-Jermen”da, Germaniyada “Bavariya”da ishlagan. Hozir Ispaniya grandi “Real”ni ikkinchi marotaba cho‘qqiga ko‘taryapti.    

O‘zi ishlagan barcha ligalarda mamlakat chempionligiga va turli darajadagi kuboklarga ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan. Evropa Chempionlar ligasi,  UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi nufuzli xalqaro turnirlarda bir necha marotabadan zafar quchgan.  

anchelotti_karlo_2_1

Demak, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan Karlo Anchelottining birgina armoni qoldi. U orzusiga erishib, “Roma”da ishlaydimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi.

G‘alaba boy berilgan o‘yinda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov liganing eng zo‘r darvozaboniga qarshi!

Shomurodov bilan birga zo‘r to‘purar o‘ynaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!