Shomurodov va Abraxam transferi kamlik qiladi!

  • 3 yanvar, 2022, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2021 yil “Roma” uchun turli darajadagi past-balandliklardan iborat bo‘ldi. Italiyaning IL Messaggero nashri poytaxt klubiga oid  2021 yilning eng e’tiborga molik voqealarini esga oldi.

Quruq mavsum cho‘zilib ketdi

2021 yil ham Rim klubi uchun sovrinsiz yakunlandi. 2008 yildan beri poytaxt klubi biror sovringa ega chiqqani yo‘q. Klub muxlislari sevimli jamoasidan 13 yildan beri qahramonlik kutadi. Afsuski, quruq seriya davom etmoqda...

Omad va omadsizlik o‘rtasi bir qadam

Borxa Mayoral bir yil ichida ikki xil holatni boshdan o‘tkazdi. 2021 yilning boshidan jamoani Joze Mourino qabul qilib olguncha bo‘lgan davrda “real” tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi va jamoa qahramonlaridan biri edi.

Portugaliyalik mutaxassis klubni qabul qilib olishi bilan Mayoralning yulduzli onlari so‘ndi. Endi ispan hujumchisi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

1635455368_mayoral5_1

Yangi sardor, yangi etakchi!

2021 yilning birinchi yarmida “Roma”ga ustozlik qilgan Fonseka jamoa sardori Edin Jeko bilan kelisha olmay qoldi. Keyinchalik o‘zi ham haydalib ketgan mutaxassis o‘shanda sardorlik vakolatini Lorentso Pellegriniga topshirgandi.

Mahoratli yarim himoyachi Fonseka qolib, Joze Mourinoning ham ishonchini ortig‘i bilan oqlamoqda. “Roma” sardorlik qilish poytaxtda tug‘ilgan har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Shu jumladan Pellegrinining ham.

Derbidagi qahramonlik

Ispan hujumchisi Pedro bir yilda poytaxtning ikki klubi – “Latsio” va “Roma” safida o‘ynashga va ikkita derbida har ikki jamoaga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlab, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Roma” futbolchilari “Latsio”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan birini Pedro kiritdi. Mourino kelgach, ispaniyalik futbolchi “Latsio”ga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.

Yangi mavsumda Pedro yana gol urdi. Bu gal uning aniq zarbasi “Latsio”ga “Roma” ustidan g‘alabani ta’minladi – 3:2.

Hurmatni qaytaradigan turnir

Konferentsiyalar ligasining nufuzi Chempionlar ligasi va Evropa ligasinikiga etmaydi. Lekin 13 yildan buyon sovrinsiz qolayotgan “bo‘rilar” uchun bu turnir sovrini kichik bo‘lsa-da, muhim “o‘lja” hisoblanadi.

Agar “Roma” shu turnirda zafar qucholmasa, Skudetto va boshqa Evrokuboklarni unutsa ham bo‘laveradi.

YuN5XDtAPuiNGNy_GOf7W2e6e_f8Y-J7_1

Xaraktersiz murabbiy

Paulu Fonseka g‘oyalarga boy, mahoratli murabbiy. Lekin unga o‘ziga xos xarakter etishmadi. Vaqtida o‘ziga mos bo‘lgan “Fiorentina” yoki “Tottenxem”ga ketishi kerak edi. Rim unga og‘irlik qildi va endi murabbiydan tomoshabinga aylandi.

Iste’dodli yoshlar

“Roma”da kelajagi porloq yoshlar bor. Bular Ebrima Darbo, Edoardo Bove va Nikola Zalevski. Fonseka ham, Mourino ham ularni to‘qnashuvlarga tashlashdan cho‘chimayapti. Aksariyati boshqa klublar e’tiboriga tushgan.

Katta futbol karvoniga arashib keta oladimi yoki yo‘q, buning barchasi shu yoshlarning o‘zini qo‘lida.

Dahshatli natijalar

Fonseka boshchiligidagi “Roma” Evropa Ligasida “Manchester Yunayted”dan oltita gol edi. Konferentsiyalar ligasida “Budyo-Glimt” ikkita uchrashuvda Mourino jamoasi darvozasini sakkiz marta ishg‘ol qildi. Yuqori darajadagi murabbiylar uchun unutilmas sharmandalik.

Mourino muvaffaqqiyat kafolati

Joze Mourino – taniqli nom, muvaffaqiyatlar kafolati. Bu 25 ta sovrin yutgan mutaxassis. Uning qo‘l ostidagi jamoalar A Seriyadagi uy uchrashuvlarida 43 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. U “Roma”ni yuksak marralarga etaklash uchun umid uyg‘otadigan murabbiy sifatida poytaxt klubiga olib kelindi.

Bu transferlar kamlik qildi!

2021 yilda “Roma”ga darvozabon Ruy Patrisio, himoyachi Matias Vina, hujumchilar Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov olib kelindi. Lekin rimliklar bu transferlar bilan kifoyalanmoqchi emas. Oldinda hali bulardan kuchli o‘yinchilarni xarid qilish rejasi bor.

Hamma narsa “Roma”ni qisqa fursatda qudratli jamoaga aylantirishga qaratilgan.

6177507_1721_eldor_shomurodov

Endi Joze Mourinodek uddaburon murabbiysi bor iste’dodli jamoaning nimalarga qodirligini 2022 yilgi o‘yinlarda ko‘ramiz...

“Roma” murabbiylar shtabida o‘zgarish

Mourino tarkibni tozalaydi. “Roma”ning qaysi o‘yinchilariga kimlar xaridor?

Mourino endi Italiya stadionlariga kiritilmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
02/01/2022 23:17
Шомуродов кетгани макулмиди?