Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

  • 17 noyabr, 2022, 16:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma”ning joriy mavsumga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biri Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish.

Lekin jamoaning A Seriyada ishlari yurishmayapti. Ketma-ket ochko yo‘qotayotgan jamoa tanaffusga ettinchi o‘rinda chiqib ketdi.

Italiya matbuoti jamoaning asosiy yulduzi Paulo Dibala ham yozda jamoani tark etishi mumkinligini yozmoqda.

1665839989_01

La Gazzetta dello Sport nashrining ta’kidlashicha, agar “Roma” Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, argentinalik yulduzni o‘z safida ushlab qola olmaydi. Chunki dibalaning shartnomasida rimliklar Evropaning eng nufuzli turniriga chiqishni uddalay olmasa, futbolchini 20 million evro evaziga qo‘yib yuborish majburiyatini belgilab qo‘yilgan.

Tabiiyki, Paulo Dibala darajasidagi yulduzni 20 million evroga xarid qilish grand klublar uchun ayni muddao va hech qanday muammo emas.

30 yoshli argentinalik hujumchi o‘tgan yozda “Yuventus” bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida poytaxt “bo‘rilari” safiga qo‘shildi. Mohir hujumchi rimliklar bilan 2025 yilning yozigacha bitim tuzgan. Biroq hamkorlik davom etishi uchun “roma” muntazam Chempionlar ligasida ishtirok etishi talab qilinadi.

Paulo Dibala joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, ettita gol va bir juft assist muallifi bo‘ldi.

Bosh murabbiy Joze Mourino argentinalik futbolchining jamoadagi ahamiyati va o‘rnini juda yuqori  baholamoqda. Dibala maydonga tushgan o‘yinlarda rimliklar raqibdan ustunlik qilmoqda, oldingi chiziqda golli vaziyatlar ko‘p yaratilyapti.

Ayni paytda Paulo Dibala jarohatidan qutilib, formasini tiklashga harakat qilmoqda. U Argentina terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Avvalroq, “Roma” hujum chizig‘ida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Joze Mourino o‘tgan mavsum to‘purari Temmi Abraxamning joriy chempionatdagi harakatlaridan umuman qoniqmayapti.

Klub rahbariyati “Chelsi”dan olib kelingan o‘yinchini yanvarda 45-50 million evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, “Roma” hujumchilaridan Eldor Shomurodov ham qishki transferlar vaqtida o‘ziga yangi jamoa qidirishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Klub sport direktori Tyagu Pinto o‘zbek hujumchisi hech bir jamoaga ijaraga jo‘natilmasligi, xaridor chiqsu uning transfer huquqini to‘liq sotib olishi shartligi haqida ma’lumot berdi.

Eldor-Shomurodov-703x400

Demak, yaqinlashib kelayotgan qishki transfer bozori va mavsum yakunida “Roma” hujum chizig‘i jiddiy o‘zgarishlarga duch kelishi kutilmoqda.

Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati munosabati bilan ta’tilgan chiqqan jamoalar A Seriyaning navbatdagi turini 2023 yilning 4 yanvarida o‘tkazadi. “Roma” futbolchilari kelasi yilning dastlabki uchrashuvida “Olimpiko” arenasida “Bolonya” vakillarini qabul qiladi.

Shomurodov “Atletiko”ga yordam ko‘rsatdi! (foto)

O‘zbekiston yutadimi yoki Qozog‘iston? Futbolchilar bahs boyladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/11/2022 17:19
Ромада Моур колади.