Shomurodovda o‘zini ko‘rsatish uchun yana uchta imkon bor

  • 7 dekabr, 2022, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchilarga ikki haftalik ta’til berdi. Shundan so‘ng, jamoa Rimda yig‘ilib, yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tash uchun Portugaliyaga yo‘l oladi.

Portugaliyaning Algavre shahridagi bazada “Roma” futbolchilari texnik, taktik, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqari, o‘yin amaliyotini yaxshilash uchun uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bu bellashuvlarda futbolchilar Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillariga rasmiy uchrashuvlarga tayyor ekanliklarini namoyish qilib berishlari talab qilinadi.

“Roma” birinchi bo‘lib, 16 dekabr kuni Ispaniya chempionati vakili “Kadis” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi o‘rtoqlik bahsi Portugaliyaning mahalliy “Kasa Pia” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Bir haftalik yig‘inning oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvi mavsumning ikkinchi qismiga Portugaliyada hozirlik ko‘rayotgan Niderlandiyaning “Vaalveyk” klubiga qarshi tashkil etiladi.

Eldor Shomurodov yanvarda jamoasini o‘zgartirmoqchiligini inobatga olsak, Portugaliyadagi uchrashuvlar legionerimiz uchun “Roma”ga kerakligini isbotlash uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Saatov Ulugbek
07/12/2022 10:36
Э керак бўлса хар нафасини хам ёзаверинглар, яна кайси футболчи ўйнаяпти бу ўлкалардан ЕВРОПАда! ОЛГА ЭЛДОР!!!!!!!
Ilhomjon Feyz
07/12/2022 09:33
Елдор мишғини артсаям ёзавераглар. Қизиқарли малумотлар чиқябдику сайтларда.