Shomurodovga joy yo‘qmi?

  • 4 mart, 2023, 23:51
  • 3
  • Futbol

Eldor Shomurodovning jamoasi – “Spetsiya”ni A Seriyaning 25-turida o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi.

Liguriyaliklar joriy mavsum yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashishga majbur. Hozircha, jamoa 20 ochko bilan 17-pog‘onada qayd etilgan. Xavfli hududda joylashgan “Verona” bilan liguriyaliklarni atigi uch ochko ajratib turibdi.

Bo‘lajak bahs olti ochko uchun bo‘ladi. “Spetsiya” g‘alaba qozongan taqdirda to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi hisoblangan veronaliklar bilan farqni oltitaga etkazib oladi. “Verona” zafar quchsa, mezbonlarning ahvoli ancha og‘irlashadi.

allenamento-shomurodov.44386

Aslida “Verona” a’anaviy tarzda “Spetsiya”dan kuchli hisoblanadi. Bu jamoalar Italiyaning uchta divizionida va mamlakat kubogida jami 22 marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan. S Seriyadagi ikkita bahsda jamoalar hisobida bittadan g‘alaba bor. V Seriyada kuzatilgan sakkizda o‘yinning teng yarmida “Verona”ning qo‘li baland kelgan. Ikki marta g‘olib aniqlanmagan va bir juft bellashuv “Spetsiya” foydasiga hal bo‘lgan.

A Seriyada ular 11 marotaba ro‘baro‘ keldi. Dastlabki o‘nta uchrashuvda “Verona” ettita g‘alaba va uchta durang qayd etdi. Lekin joriy mavsumning  birinchi davrasida “Spetsiya” raqib maydonidan 1:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Mbala Nzolaning dubli Liguriya klubiga yuqori divizionda “Verona”dan ilk bor uch ochko olishini ta’minladi.

Ayni paytda Italiya matbuoti har ikki jamoa bosh murabbiylari muhim bahsda qaysi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirishini tahlil qilmoqda. Hozircha, biror manba Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibga kiritgani yo‘q.

Legionerimiz xuddi “Roma”da bo‘lgani kabi zaxira futbolchisiga aylanib qoladiganga o‘xshaydi. Eldorni “Spetsiya”ga olib kelgan Luka Gotti iste’foga chiqarilganidan keyin uning o‘rnini egallagan Leonardo Semplichi ilk bahsdayoq hujumchimizni zahiraga o‘tqazib qo‘ydi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Semplichi “Verona”ga qarshi bahsda jarohat tufayli safdan chiqqan darvozabon Yerun Zut, himoyachilardan Emil Xolm, Joao Moutino, yarim himoyachilar Simone Bastoni, Shimon Jurkovski xizmatidan foydalana olmaydi.

Nufuzli manbalardan https://www.calciomercato.com sayti ekspertlari “Verona”ga qarshi bahsda Semplichi quyilagi o‘yinchilarni ilk daqiqadan o‘ynatishini taxmin qilmoqda:

“Spetsiya” (4-2-3-1): Dragovski; Amyan, Ampadu, Nikolau, Retsa; Burabiya, Ekdal; Verde, Agudelo, Gyasi; Nzola.

Yana bir mashhur sayt https://footballnews24.it mutaxassislari ham “Spetsiya” murabbiylar shtabi bo‘lajak bahsda 4-2-3-1 sxemasidan foydalanishiga ishonmoqda.

Bu sayt tuzgan taxminiy tarkibda o‘zgarish yo‘q:

“Spetsiya” (4-2-3-1): Dragovski; Amyan, Ampadu, Nikolau, Retsa; Ekdal, Burabiya; Verde, Agudelo, Gyasi; Nzola.

6a0212a4-2a55-4ccd-acb7-8d7b52eb1af7.44542

“Spetsiya” va “Verona” o‘rtasidagi bahs 5 mart kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Ikki hujumchimiz "Top-5"da!

Shomurodov jamoasiga yaxshi va yomon xabar!

Masharipov jamoasi “Real”ga aylanib bormoqda

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
04/03/2023 18:38
Элдор, хурматинг борида келиб ўзимизда ўйнайвер.
&
Локо
04/03/2023 18:38
Элдор, хурматинг борида келиб ўзимизда ўйнайвер.
&
Ганишер
04/03/2023 07:53
Элдор энди сехрли таёқча вазифасини бажарар эканда.омадини берсин, яратган эгам узи қулласин.!!!