Shomurodovni "Roma"da kim olib qolgani ma’lum bo‘ldi

  • 12 oktabr, 2022, 19:13
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol agenti Qahhor Mo‘minov Rossiyaning "Sport-express" nashriga katta intervyu berdi. Suhbat davomida u mijozi Eldor Shomurodovning nega Rimda qolgani haqidagi savolga javob berib o‘tdi:

Tecno

— "Roma" yozda Shomurodovni qo‘yib yubormadi, biroq hamon maydonga tushirmayapti. Eldor joriy mavsum A Seriyada atigi 2 ta o‘yinda harakat qildi. U bilan nima bo‘lyapti?

"Eldorga "Torino" va "Bolonya"dan jiddiy qiziqish bor edi. Shuningdek, Turkiyaning barcha etakchi klublari va Saudiya jamoalari uni sotib olmoqchi bo‘ldi. Lekin "Roma" uni o‘z safida olib qolishni istadi. Mourino va bosh direktor bilan suhbatlashdik. Joze bizga matbuotni o‘qimaslikni maslahat berdi".

— Nega?

"U Shomurodovni hech kim Rimdan haydamayotgani va qo‘yib yubormoqchi emasligini aytdi. Masalan, Osiyoning moliyaviy baquvvat klublaridan juda katta taklif tushsa, balki o‘ylab ko‘rishlari mumkinligini ta’kidladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Музаффар Ниязов
13/10/2022 11:57
Шомуродов день езилган булса булди укуврамиз езинглар купрок
Baxil Alihuja
12/10/2022 19:54
Битта сухбатни роса куп чайнадинглар-де!