Shomurodovning jamoasi “Yuventus”, “Milan” va “Inter”ni jazolashni talab qilmoqda!

  • 25 aprel, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya A Seriyasining aksariyat jamoalari qatorida “Jenoa” klubi rahbariyati ham Evropa Superligasi loyihasini qo‘llab-quvvatlagan va unga qo‘shilgan “Yuventus”, “Milan” va “Inter” ni jazolash talab qilingan rasmiy xatga imzo chekdi.

Ushbu xatda Italiya chempionati ishtirokchilarini navbatdan tashqari majlisga jalb etib, uchta klubga qanday jazo ko‘rish bo‘yicha muhokama o‘tkazish ham taklif etilmoqda. Bu murojaatnomani “Jenoa”dan tashqari “Roma”, “Torino”, “Bolonya”, “Sampdoriya”, “Sassuolo”, “Spetsiya”, “Benevento”, “Krotone”, “Parma” va “Kalyari” rahbarlari imzolagan.

Ma’lumki, yaqinda Evropaning eng kuchli 12 klubi ta’sischi sifatida yangi turnir tashkil etilganini rasman e’lon qilgan edi. FIFA, UEFA tashkilotlari va muxlislar bosimi tufayli bu musobaqa bekor qilindi.

Superliga loyihasiga qo‘shilgan jamoalarda klub rahbariyati bilan futbolchilar va muxlislar o‘rtasida turli kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Hali vaziyat to‘li izga tushgani yo‘q. Ayrim klublar prezidentlari va boshqaruvchilarining iste’fosi talab qilinmoqda.

O, Eldor, sen juda tezkor ekansan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!