
Shomurodovning jamoasiga Anchelotti murabbiylik qilishi mumkin
"Roma" bosh murabbiylik lavozimiga Karlo Anchelottini olib kelmoqchi. Bu haqda, "AS" nashri ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, "Roma" rahbariyati taniqli murabbiy ularning loyihasini qayta jonlantirishini istayapti. Klub hozirda "Real"ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti nomzodiga e’tibor qaratmoqda.
Klub egalari, Fridkinlar oilasi a’zolari 65 yoshli mutaxassisni jamoani boshqarish uchun ko‘ndirishga urinmoqda. Asosiy sabablardan biri Anchelottining rimliklar bilan uzoq aloqalari. U 1979 yildan 1987 yilgacha "Roma"da to‘p tepgan.
Murabbiyning o‘zi "Real"da iloji boricha uzoqroq ishlashni xohlaydi va Madrid klubini tark etgandan so‘ng, faoliyatini yakunlashini istisno etmaydi. Biroq, "Roma" muzokaralarni boshlagan va Karloni ishontirishga harakat qilishni davom ettirmoqda.
Fikrlar