Shomurodovning qimmatbaho sherigini nega terma jamoaga chaqirishmadi?

  • 6 oktabr, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma”ning yangi o‘yinchilaridan biri Matias Sule kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Argentinalik hujumkor futbolchi Evropa Ligasi doirasida Gvetsiyada “Elfsborg”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda eng bo‘sh o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Rim klubi yozda Suleni “Yuventus”dan 26,5 million evro va bonuslar evaziga transfer qilgan. Bu summa “Roma” darajasidagi klub uchun ancha katta xarajat hisoblanadi.

Shu bois, argentinalik futbolchi jamoaga etarli samara keltira olmayotgani va kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayotgani tufayli katta bosim ostida qolyapti.

21 yoshli Sule “Roma”ga o‘tganidan keyin Argentine terma jamoasiga taklif etilgan edi. Garchi sentyabrdagi o‘yinlarda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, tarkibdagi bir necha jahon chempionlari bilan birga shug‘ullandi.

Bir mobaynida uning o‘yinida pasayish kuzatilgani bois Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni uni oktyabr yig‘iniga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatidan tushirib qoldirdi.

Italiya futboli ekspertlari Daniele de Rossi taktikasiga moslashgan Matias Sule yangi bosh murabbiy Ivan Yurich qo‘llayotgan uslubga ko‘nika olmayotganini ta’kidlamoqda. Xorvatiyalik mutaxassis argentinalik o‘yinchidan asosan hujumkor futbolchi bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni talab qilmoqda.

Klubdagi vaziyat o‘z-o‘zidan Sulening terma jamoadagi o‘rniga ham ta’sir qilmoqda. Skaloni va uning yordamchilari “Roma” o‘yinlari kuzatib borayotgani aniq. Chunki terma jamoalar murabbiylar shtabi yangi yig‘inga “bo‘rilar” safidagi sinovdan o‘tgan tajribali charm to‘p ustalari – Leandro Paredes va Paulo Dibalani  chaqirtirdi.

Argentina terma jamoasi 2026 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining saralash turniri doirasida  Venesuela hamda Boliviya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Shomurodovdan bunaqasini kutmagandik... “Roma”ni qutqara olmagan Eldorning o‘yini qanday baholandi?

Husanov, Yamal va Bellingem – ular birga

Duel: Legionerimiz qozoqlarning 15 yillik orzusini chippakka chiqarishi mumkin...

Husanovga xushxabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!