
Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futboli afsonasi Azamat Abduraimovning “Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi intervyusi tarqalmoqda.
Ma’lumki, Azamat Abduraimov Abduqodir 14 yoshligida uni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga jalb qilgan va bir muddat futbolchining iqtidorini ochishda ishtirok etgan.
Sports.uz portali ushbu suhbatda Azamat Abduraimov tomonidan aytilgan 21 yoshli legionerga tegishli qiziqarli fikrlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
1-qism:
Husanovni nega terma jamoaga jalb qilmay qo‘yishgan edi?
2-qism:
Gvardiolaning Husanov bo‘yicha maqsadi aniq bo‘ldi!
- Husanov ajoyib pas beradi. Boshida yarim himoyachi sifatida o‘ynagan. U o‘yinni zo‘r o‘qiydi va maydonni juda yaxshi ko‘ra oladi. Kombinatsion o‘yin uchun barcha sifatlarni o‘zida jamlagan. Bundan tashqari, u hali 21 yosh ekanini unutmaslik kerak va eng yaxshi o‘yinlari hali oldinda.
Qolaversa, “Manchester Siti”da Xosep Gvardiola maktabini o‘tayotgani ham kelajakda top-futbolchi bo‘lijigning garovidir.
Husanov ilgari ikki markaziy himoyachi qo‘llaniladigan taktikada ko‘p ham o‘ynamagan va bu usulda harakat qilishga etarli darajada tayyor bo‘lmasligi mumkin. Bu holatni ham inobatga olish kerak. Gvardiola o‘yin sxemasini o‘zgartirdi. Hozir jamoa uch nafar markaziy himoyachi o‘rniga ikkitani o‘ynatyapti. Husanovga joy etmay qoldi. Raqobat aqlbovar qilmas darajada.
Abduqodirning o‘ziga kelgan, terma jamoada ham, “Lans” va “Manchester Siti”da ham himoya markazida ikki sherik bilan o‘ynagan. Lekin men boshqargan o‘smirlar terma jamoasida ikki nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynaganmiz, shunday ekan, unda bu borada tajriba bor.
Husanovning sheriklari ayrim vaziyatlarga unga to‘g‘ri yordam bera olmadi, degan gaplarga qo‘shilmayman. Chunki Abduqodirning o‘zi ko‘pincha ularning xatolarini yopib tozalardi. Ayniqsa, “Siti” himoyasi bo‘sh o‘ynagan paytlarda shunday bo‘lgan.
Boshqa tomondan uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynash ancha oson. Biroq Husanov aslida ikki nafar markaziy himoyachi bilan ham o‘ynashni uddalay oladi.
Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi Xosep Gvardiolaning klubda qolishiga bog‘liq. Agar u qolsa, Abduqodirni qo‘yib yubormaydi va keyin ham birga ishlashda davom etadi. Klubdagi o‘yin amaliyotining yo‘qligini hozir terma jamoa uchrashuvlarida qoplab olish imkoni bor.
Yigitlar jahon chempionatiga chiqadigan pallada oladigan hissiyotlari ularni ilhomlantiradi va bor qiyinchiliklarni unutishga yordam beradi.
Bu – Abduqodir terma jamoadagi do‘stlari bilan ro‘yobga chiqaradigan orzu, - dedi Azamat Abduraimov.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov O‘zbekistonning turli yoshdagi bolalar, o‘smirlar, yoshlar, olimpiya terma jamoalarida muntazam o‘ynab kelgan. Mashhur futbolchi mamlakatimizning bosh jamoasi – O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2013 yilning 11 iyunida o‘tkazgan.
Shundan beri 21 yoshli futbolchi xalqaro maydonda yigirmata uchrashuvda ishtirok etib, yuqori saviyali o‘yin namoyish qilib kelmoqda.
Abduqodir Husanovni milliy terma jamoasi safida iyun oyida ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turnirida 5 iyun kuni safarda Birlashgan Arab Amirliklari va 10 iyun kuni Toshkentda Qatar futbolchilari bilan ikkita hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi.
Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatiga chiqish uchun BAAga yotqamasligi yoki Qatarni mag‘lub etib, guruhdagi ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi talab etiladi.
Fikrlar