Shomurodovning transferi barbod bo‘lishi mumkin. Sababi...

  • 01.08.2022 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning “Bolonya”ga transferi hamon qorong‘uligicha qolmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Roma" va "Bolonya" klublari o‘zbekistonlik futbolchining transfer shakli bo‘yicha hozircha til topisha olmayapti. Gap shundaki, “bo‘rilar” Eldorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishni talab qilishmoqda, “Bolonya” esa aksincha, ijaraga olishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Shomurodovga “Torino” va “Sassuolo” klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!