
Shon O'Melli: "Islom Maxachevni yarim o‘rta vaznda ko‘rganimdan hayratdaman"
UFC cobiq chempioni Shon O'Melli promoushen yulduzi Islom Maxachevning yarim o‘rta vazndagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Jek Della Maddalena Belal Muhammadga qarshi ajoyib jang namoyish qildi. To‘g‘risi, Islomni bu vaznda ko‘rganimdan hayratdaman. Menimcha, u gabarit jihatdan ham kichik emas" - dedi amerikalik "Shak MMA" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC bosh direktori Dana Uayt shu yilning ikkinchi yarmida Maxachev avstraliyalik Jek Maddalena bilan yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik uchun jang o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar