
Shon O'Melli uchun yarim engil vazndagi eng qiyin raqib kim?
O‘ta engil vaznda (61 kg) amaldagi UFC chempioni Shon O'Melli yarim engil vazn (66 kg)dagi eng qiyin raqib kimligini aytdi.
"Agar yarim engil vaznga qaraydigan bo‘lsak, Maks Xollouey men uchun eng qiyin raqib", – dedi Shon Maykl Bispingning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Shon O'Melli(18-1-1 N/C) Merab Dvalishvili(17-4) bilan 15 sentyabr kuni "UFC 306" turnirida jang qiladi.
Fikrlar