"Sho‘rtan" Superligada o‘ynagan ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 16 yanvar, 2024, 18:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligani maqsad qilgan “Sho‘rtan” safiga Superligada o‘ynagan yana ikki nafar futbolchi kelib qo‘shilishdi.

So‘nggi yillarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasida harakat qilgan tajribali yarim himoyachi Sherali Jo‘raev yangi mavsumda g‘uzorliklar bilan birga bo‘ladi. Futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

sho‘rtan jo‘raev

O‘tgan mavsumda Yaypanning “Turon” jamoasi tarkibida bo‘lgan Abdug‘ani Kamolov ham 2024 yilda “Sho‘rtan” sharafini himoya qiladi.

sho‘rtan kamolov

Klub rahbariyati va murabbiylar selektsiya ishlarini davom ettirishmoqda.

“Sho‘rtan” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!