Shota Arveladze: Bugun xarakter ko‘rsata oldik
"3 ochko va natija doimo yuqori o‘rinda turadi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Bugun xarakter ko‘rsatib, muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
O‘ylashimcha, futbolchilarni bunday o‘yinlarga tayyorlash muhim. Oradan 3 kun o‘tib OChL doirasida yana bir bahs o‘tkazamiz. Hali o‘z ustimizda ishlaydigan jihatlar ko‘p. Ayniqsa, xuddi o‘tgan galgi o‘yindagidek birinchi goldan so‘ng biroz hotirjamlikka berilyapmiz.
O‘yin avvalidan tarkib tanlash juda ham qiyin, ammo bugun bu borada xato qilmadim deb o‘ylayman. Rotatsiya qilish oson ish emas.
Men «Nasaf» hujumkor o‘ynadi deb o‘ylamayman. Aksincha, himoyaviy o‘yin o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda 1, ikkinchisida esa 4 tagina xavfli vaziyat yaratildi.
Assistentlarim raqiblarni o‘rganib borishmoqda va bo‘lajak raqiblarimiz haqida menda etarlicha ma’lumot bor.
O‘yin tribunada o‘tirgan ishqibozlarga juda manzur bo‘ladigan ko‘rinish oldi, deb o‘ylayman. Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi o‘zgacha bo‘ldi va shunday ob-havoda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi gruziyalik mutaxassis.



Fikrlar