Shota Arveladze "El-Klassiko"ni stadionda kuzatdi

  • 19 dekabr, 2019, 07:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«El-Klassiko» nomi ostida o‘tadigan «Barselona» hamda «Real» klublari o‘rtasidagi o‘yin butun dunyo e’tiborining diqqat-markazida bo‘lib keladi. Navbatdagi to‘qnashuv ham bundan mustasno bo‘lgani yo‘q va bu safar tomonlar o‘zaro nursiz durangni qayd etishdi. Tabiiyki, hamma qatori O‘zbekistonda ham mazkur qarama-qarshilikka bo‘lgan qiziqish haddan tashqari yuqori darajada deb bemalol ayta olamiz.

Tecno

Gap shundaki, joriy mavsumda O‘zbekistonning eng kuchli klubiga aylangan holda uchta sovrinni qo‘lga kirita olgan «Paxtakor» a’zolari ayni paytda qishki ta’tilga chiqib ketishgan holda hordiq chiqarmoqdalar. Jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze esa mavjud ta’tildan unumli foydalangan holda aynan «El-Klassiko» o‘rtasidagi o‘yinni kuzatish uchun Kataloniyaga bordi. U «Kamp-Nou»da «Barselona» - «Real» o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borgan. Bu borada Arveladzening o‘zi xabar qoldirgan. Ayni paytda murabbiyning xorij safari davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!