Shota Arveladze kechirim so‘radi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Liga Kubogi uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqida fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugungi o‘yin va mag‘lubiyat uchun jamoamizga ishqibozlik qiladigan barcha muxlislardan, qolaversa klub rahbariyatidan kechirim so‘raymiz. Har qanday holatda yaxshiroq o‘ynashimiz zarur. Jamoa sifatida kutilgan o‘yinni namoyish etolmadik. Bunda barchamiz aybdormiz. Bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yanada ko‘proq mehnat qilamiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar