Shota Arveladze xorijlik boshqa murabbiylarga etib oldi

  • 22 dekabr, 2020, 16:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Paxtakor" finallarda to‘rtinchi marta yirik hisobda zafar quchgan birinchi klubga aylandi. Bundan avval, 1993 yil "Navbahor" 3:0, 2002 yil "Neftchi" 6:3 va o‘tgan yili AGMK 3:0 hisoblarida mag‘lub etilgandi. Bu safar ham Olmaliq klubi shunday hisobda taslim qilindi.

"Sherlar" o‘z tarixida 8-bor oltin dublga erishdi. 2002-07 yillarda qatorasiga olti bor va 2019 yil jamoa ham chempionat, ham kubokda muvaffaqiyat qozongandi. Oltin dublga "Paxtakor"dan tashqari "Neftchi", "Do‘stlik", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari ham erishgan.

Shota Arveladze "Paxtakor"ni boshqargan xorijlik murabbiylar orasida kubokni yutgan uchinchi mutaxassisga aylangan. Ungacha rossiyalik Sergey Butenko va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov kubokda zafar quchgandi. Gruziyalik mutaxassis kubokdagi g‘alabalar bo‘yicha Agamurodovga etib oldi. Dragan Cheran esa, O‘zbekiston Kubogi finallarida jami 5 gol urgan holda bu borada rekordchi sanalgan Anvar Soliev natijasini takrorladi.

Tezkor xabar! Shota Arveladze "Paxtakor"ni tark etmoqda. Fan klub sardori murabbiy bilan xayrlashdi (Foto)

IMG_0377

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!