Shotlandiya ligalari muddatidan avval yakunlandi
Shotlandiya professional futbol ligasi rasmiy xabariga ko‘ra, mamlakatning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi divizonlari muddatidan avval yakunlandi.
Koronavirus pandemiyasi ortidan Evropada futbol bahslari noma’lum muddatga qoldirilgan edi. Shu sabab tashkilot klub rahbarlariga mavsumni barvaqt yakunlash bo‘yicha taklif yubordi. Unga ko‘ra, 81 foiz klublar tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgan.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionshipda "Dandi Yunayted", Liga 1 da "Reyt Rovers va Liga 2 da "Kouv Reynjers" klubi chempion sifatida qayd etiladigan bo‘ldi.
Fikrlar