Shoxnazar Norbekov Turkiyada Qozog‘iston klubi yig‘inida qatnashmoqda

  • 23 dekabr, 2023, 20:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilgi mavsumni “Turon” safida boshlagan Shoxnazar Norbekov birinchi davradan keyin ushbu klub bilan xayrlashgandi. Keyin esa futbolchi Indoneziya ikkinchi ligasi vakili – “Sada Sumut” jamoasi safida ma’lum vaqt to‘p surgan Norbekov u erdan ham ketdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Shoxnazar Norbekov ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida “Qaysar” klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Ilgari ham qozog‘istonliklar Norbekovga qiziqish bildirishgandi. Hozirda “Qaysar”ga muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Viktor Kumikov bosh murabbiylik qilmoqda.

norbekov3

Bugun “Qaysar” O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Norbekov “Qaysar” safida boshlang‘ich tarkibga maydonga tushirildi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!