Shu ikki o‘yinchi kelsa, “Manchester Yunayted” gol o‘tkazmaydi

  • 30 oktabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ikki markaziy himoyachi nomini aytdi.

Tecno

- “Lans”da bir yigit bor – Kevin Danso. U haqiqatdan ham zo‘r futbolchi. Shuningdek, “Barselona”dagi urugvaylik Arauxoni ham aytishim kerak. Uni transfer qilish imkoni bor-yo‘qligini bilmayman. Lekin zo‘r markaziy himoyachi. Arauxo Premer-ligada o‘ynab ketish uchun barcha sifatlarga ega.

Men har doim muvaffaqiyatli jamoaga ega bo‘lish uchun mustahkam himoya ko‘rinishida baquvvat poydevorga ega bo‘lish kerak, deb ta’kidlayman.

Agar so‘nggi yillarda chempion bo‘lgan “Liverpul” va “Manchester Siti”ga e’tibor qaratsangiz, ularda himoya chizig‘i barqaror. Ayniqsa, mavsumning eng muhim pallasida buni so‘zish qiyin emas, - dedi Rio Ferdinand.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!