
Shu ikki yulduz “Oltin to‘p” sohibi o‘rnini bosa oladi
“Manchester Siti” rahbariyati og‘ir jarohat olib, safdan chiqqan Rodri o‘rniga boshqa yarim himoyachi olishga qaror qildi.
Xosep Gvardiola jamoasi “Oltin to‘p”ni olgan Rodrisiz maydon markazidagi ustunlikni ushlab turishga qiynalmoqda. Ispan futbolchisining yo‘qligi natijalarga ta’sir o‘tkazyapti.
Daily Mail nashrining yozishicha, “shaharliklar” yanvarda Rodri o‘ynaydigan pozitsiyaga ikki futbolchini olishga harakat qiladi.
“Siti” mutasaddilari birinchi navbatda Angliya futboliga moslashgan “Nyukasl” yarim himoyachisi Brunu Gimaraesni olib kelishga urinib ko‘radi. Ikkinchi nomzod esa, “Real Sosedad” etakchisi Martin Subimendi.
Bundan tashqari, Xosep Gvardiola jamoaning natijalarini o‘nglash uchun yana bir necha pozitsiyani kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar