Shu ish o‘xshamasa, Anchelotti “Real”dan haydaladi

  • 20 yanvar, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumda “Real”ni Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirganiga qaramay, uning bosh murabbiy sifatidagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Tecno

Relevo nashrining yozishicha, jamoa Chempionlar ligasida “Milan”ga 1:3, Ispaniya chempionati va Superkubogida ashaddiy raqib “Barselona”ga 0:4 va 2:5 hisobida yutqazgani klub rahbariyatiga yoqmagan.

“Qirollik klubi” mutasaddilari jamoa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, italiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Rahbariyat keskin chora qo‘llaydigan bo‘lsa, vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini “Real” direktori bo‘lib ishlayotgan Santyago Solari bajarib turishi belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!