
Shukurov debyut qilgan o‘yinda "Kayserispor" durang o‘ynadi
Turkiya chempionati 25-turidan o‘rin olgan "Kayserispor" - "Beshiktosh" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushib, 63-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi 26 marta to‘pga teginib, sheriklariga 17 marta aniq pas berdi.
Mazkur bahsdan keyin kayseriliklar turnir jadvalida 12-o‘ringa chiqib oldi. "Beshiktosh" esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar