
Shukurov maydonga tushgan o‘yinda jamoasi alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi (video)
Turkiya kubogi doirasida "Fotih Karagyumruk" - "Istanbul Bashakshexir" uchrashuvi yakunlandi. O‘yinda mexmonlar g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dastlab 68-daqiqada Diagne hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Merkan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuvning asosiy vaqtida boshqa gol urilmadi. Qo‘shimcha taymlarda ham ikkala tomon bittadan gol urdi. Hisob 2:2. Penaltilar seriyasida Pirlo shogirdlari imkoniyatni boy berdi. Xamyurtimiz Otabek Shukurov esa o‘yinga zaxirdana qo‘shildi va 11 metrlik jarima zarbasida adashmadi.
Shu tariqa, "Istanbul Bashakshexir" Turkiya kubogining chorak finaliga chiqdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar