
Shveytsariya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Shveytsariya futbol futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasining yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.
Endilikda Shveytsariya terma jamoasini Murat Yakin boshqaradi. 46 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilning mart oyigacha shartnoma imzolangan.
Bungacha Shveytsariya terma jamoasini Vladimir Petkovich boshqari kelayotgan edi. U yaqinda "Bordo" klubi ustoziga aylandi.
Murat Yakin 1994-2004 yillarda Shveytsariya terma jamoasida to‘p surgan.
Fikrlar