
Silva shartnomasini uzaytirish istagida
"PSJ" himoyachisi Tyago Silva parijliklar bilan yangi kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
35 yoshli Silvanig shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi, ammo futbolchi klubni tark etmoqchi emas.
"Men o‘zimni juda yaxshi xis qilyapman. O‘zimning imkoniyatlarimni yaxshi bilaman va "PSJ"ga yana yordam berishim mumkin. Mavsum so‘nggida klub bilan kerakli ishlarni amalga oshirishga umid qilaman.
Men yangi kelishuv bo‘yicha muzokaraga tayyorman, ammo klub buni xohlaydimi buni ko‘ramiz," - Goal.com Silva so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Fikrlar