Silva yana sobiq jamoasiga qaytishga yaqin

  • 21 aprel, 2020, 14:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" klubi mavsumlar oralig‘ida "Manchester Siti"dan ketadigan sobiq yarim himoyachisi David Silvani yana tarkibga qaytarmoqchi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi ayni damda “ko‘rshapalaklar” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv esa 2023 yilga qadar imzolanishi mumkin.

Bungacha Silvaga "Milan", "Betis" va "Inter Mayami" klublaridan ham takliflar tushayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aytish kerakki, David Silva asli “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-2010 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!