Simeone "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 06.05.2026 03:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Diego Simeone "Atletiko Madrid"ning "Arsenal"ga qarshi oʻyindan soʻng (1:1, 0:1) fikr bildirdi.

"Biz juda yaxshi kampaniya oʻtkazdik. Barcha kuchimizni berdik. Kutilgandan ham uzoqroq bordik. Afsuski, hammasi shunday yakunlandi.

Birinchi oʻyinda ham golli vaziyatlar yaratgan edik, lekin foydalanа olmadik. Bugun ikkinchi boʻlimda koʻproq raqib yarmida oʻynadik, imkoniyatlar boʻldi, ammo baʼzida mayda jihatlar sening foydаngga hal boʻladi, baʼzida esa yoʻq.

Hakаmlik haqida aytadigan gapim yoʻq — biz musobaqani tark etdik. “Arsenal”ni tabriklayman, ular yaxshi kurashdi. Menga ularning jamoasi va murabbiyi yoqadi. Ularda barqaror yondashuv bor va bu katta moliyaviy imkoniyatlar bilan qoʻllab-quvvatlangan. Biz esa ishlashda davom etamiz, — dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!