“Siti” ashaddiy raqib “Arsenal” bilan bir futbolchini talashib qoldi
“Manchester Siti” klubi dastlabki urinish oʻxshamaganiга qaramaй, “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ilk taklif rad etilganidan keyin ham tomonlar oʻrtasidagi aloqalar saqlanib qolmoqda.
Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilishicha, “oʻrmonchilar” angliyalik futbolchi uchun 116 million evrodan ortiq mablagʻ olmoqchi.
Manba maʼlumotiga koʻra, agar Anderson boʻyicha kelishuv amalga oshmasa, “Nyukasl Yunayted” tayanч yarim himoyachisi Sandro Tonali “Manchester Siti” uchun yangi variantga aylanadi.
Shuningdek, Londonning “Arsenal” klubi ham italyanlik futbolchini olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Tonali 2023 yil yozida “Milan”dan “Nyukasl Yunayted”ga oʻtgan edi. Oʻtgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv oʻtkazib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi boʻlgan.

Fikrlar