“Siti” Bernardu Silva o‘rniga La Ligadan arzongina o‘rinbosar topdi

  • 29.04.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatida “Jiroan” jamoasi sharafini himoya qilayotgan iqtidorli yarim himoyachisi Azzedin Unai faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu futbolchiga Angliyaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda.

Angliya grandi klubdan ketadigan Bernardu Silva o‘rniga markaziy chiziqni kuchaytirishni istamoqda. El Chiringuito nashri ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” o‘tgan jahon chempionatidagi yorqin o‘yini bilan tanilgan Unai nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Jirona” ham, “Manchester Siti” ham City Football Group holdingiga tegishli.

O‘tgan yozda Azzedin Unai Fransiyaning “Marsel” jamoasidan Kataloniya klubiga 6 million yevroga o‘tgan edi.

Transfermarkt portali marokashlik futbolchining hozirgi bozor qiymatini 10 million yevro deb baholamoqda. 26 yoshli futbolchi La Ligada 19 ta o‘yinda 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!