“Siti” bir jamoaning ikki futbolchisiga 100 million evro beradi
“Manchester Siti” tarkibni qayta shakllantirish jarayonini davom ettiradi. “Shaharliklar” yozgi transferlar davrida “Yuventus”ning ikki futbolchisini olishga harakat qiladi.
Tuttosport nashrining yozishicha, manchesterliklar “Yuventus”ning 25 yoshli chap qaot himoyachisi Andrea Kambyazo va 27 yoshli darvozaboni Mikele Di Gregorioga jiddiy qiziqish bilioqda.
Xosep Gvardiola istagan yangi o‘yinchilarni olish uchun klub yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Turin klubi o‘z himoyachisini 70 million evroga baholanmoqda.
Italiya klubi darvozabon transferidan 30 million evro ishlab olishni rejalashtirgan. Har ikkisining “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Fikrlar