"Siti" futbolchisi "Lion"ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi

  • 16 avgust, 2020, 16:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport kecha EChL chorak finalidan o‘rin olgan "Lion"ga (1:3) qarshi o‘yindagi hakamlik borasida gapirib o‘tdi.

“Yashirmoqchi emasman. Men futbolchiman, lekin shu bilan bir qatorda insonman ham. “Lion”ga qarshi o‘yinda xatolarga yo‘l qo‘ydik va buning uchun aybdormiz. VAR ishlagan Chempionlar ligasi chorak finalida hakam “Lion”ning ikkinchi golini inobatga olganini qabul qilishimiz qiyin”, - deydi Laport.

Aytish kerakki, o‘sha vaziyatda Lyaport raqib hujumchisi Mussa Dembelening harakatidan so‘ng maydonga qulagan edi, ammo keyinchalik ushbu vaziyatda urilgan gol inobatga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!