
“Siti” Gvardiola uchun so‘nggi klub bo‘ladi. Pep keyin nima qilmoqchi?
“Manchester Siti” bilan 2023 yilning yozigacha imzolangan shartnoma Xosep Gvardiola uchun klublar miqyosidagi so‘nggisi bo‘ladi. Keyin ispaniyalik mutaxassis hech bir klubni boshqarmaydi. Shunday bo‘lsa-da, uning kelajak uchun rejalari bisyor.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dagi faoliyatida nihoyasiga etgach, biror mamlakat terma jamoasini boshqarishni rejalashtirmoqda. Bu katta ehtimol bilan Ispaniya terma jamoasi bo‘lishi mumkin.
Gvardiola murabbiylik faoliyatini 2007 yilda “Barselona V” jamoasida boshlagan. Bir yildan so‘ng, kataloniyaliklarning asosiy jamoasini qabul qilib olgan. 2013-2016 yillar davomida “Bavariya”ni boshqarganidan keyin Angliyaga ko‘chib o‘tdi.
U murabbiy sifatida uch martadan Ispaniya va Germaniya chempioni, ikki bor Angliya premer-ligasi g‘olibi bo‘lgan. Kataloniyaliklarni ikki marta Evropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.
Fikrlar