“Siti” ikki yulduz uchun 10 ta futbolchisini sotadi

  • 10 iyun, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozda Harri Keyn va Jek Grilish kabi Angliya terma jamoasining yulduz futbolchilarini transfer qilmoqchi.

Tecno

Bu transferlarni amalga oshirish uchun “shaharliklar” bir necha futbolchilarini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Ketadigan futbolchilar orasida Bernardu Silva, Riyad Mahrez, Rahim Sterling, Emerik Lyaport va Gabriel Jezus kabi mashhur futbolchilar bor.

Shuningdek, besh nafar yosh o‘yinchi - Jek Xarrison, Pedro Porro, Lukas Nmech, Anxel Errera va Ivan Ilich ham sotuvga qo‘yiladi. “Siti” rahbarlari bu transferlardan qo‘shimcha 70 million funt ishlab olmoqchi.

Xosep Gvardiola kelasi mavsumda ham nufuzli sovrinlarga kurashish uchun jamoa tarkibini keskin kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!