
“Siti” ko‘zlagan futbolchi futboldan chetlatilishi mumkin
“Manchester Siti”ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi hisoblangan Lukas Paketa keyingi mavsum futbol o‘ynamasligi mumkin. Bunga sabab, “Vest Xem” futbolchisi Angliya Futbol federatsiyasining tatalizator to‘g‘risidagi qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.
Ayblovga asos qilib, braziliyalik yarim himoyachining mavsum davomidagi 3 ta shubhali sariq kartochkasi olinmoqda.
Agar Paketa aybdor deb topilsa, Sandro Tonali, Nikola Fajioli va Ivan Touney kabi futboldan diskvalifikatsiya qilinadi.
Fikrlar