"Siti" muxlislari "Aston Villa" posboniga hujum qilgan

  • 23 may, 2022, 11:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha APL 38-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Aston Villa" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Shu tariqa APL chempioniga aylangan "shaharliklar" g‘oliblikni tantana qilayotgan paytda "Aston Villa" posboni Robin Olsenga hujum qilingan. Bu haqda Birmingem klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard xabar berdi.

Manchester klubi bo‘lib o‘tgan holat uchun darvozabondan uzr so‘ragan. Shuningdek, chempionlar aybdor(lar)ni aniqlab, ularni jamoa o‘yinlariga tashrif buyurishni ta’qiqlashini ma’lum qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!