“Siti” rahbariyati “Real” futbolchisi uchun katta summa bermoqchi
“Real”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Orelien Tchuameni faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, tajribali futbolchini “Manchester Siti” transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritgan va yozda uni olishga harakat qilib ko‘radi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirayotgan manchesterliklar 26 yoshli o‘yinchi transferi uchun 90 million yevro to‘lashga tayyor.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Tchuameni timsolida taktik jihatdan ideal o‘yinchini ko‘rmoqda.
Garchi “Real” yarim himoyachini yuqori baholasa-da, bunday katta transfer taklifi madridliklarni transferga ko‘ndirishi mumkin.
Orelien Tchuameni 2022 yilda “Monako”dan “Real”ga 80 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Bu mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, ikki gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Fikrlar